35-umumta'lim maktabi 1924 1924-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobod qishlog'ida Kamoliddin Hamraqulov tomonidan boshlang'ich sinf maktabi bo'lib tashkil qilingan. 1934-yilda 1-to'liqsiz o'rta maktabi (7 yillik) ishga tushgan.
Maktabning dastlabdi direktori V. Kasarov bo'lgan. U 1942-yilda Chinobodda otliq askarlar eskadronini tuzib, bolalar bilan harylashib urushga ketgan. Lekin urushdan qaytmagan. Uning turmush o'rtog'i Kasarova 1970-yilgacha rus tilidan dars bergan. Maktabga 1944-1945-yillarda Mamadali Ahmedov rahbarlik qilgan. Urushdan keyingi yillarda toshkentlik Valiyev domla direktorlik qildi. Doktor Ismoil Qo'chqorov 1950-yillarda rahbarlik qildi. Shu yillarda ustoz o'qituvchilardan Karimova Qambarxon aya , Davidova aya O'tanova Sanobarxon ayalar fidokorlik bilan mehnat qildilar.
1950-1960-yillarda Xormirzayev Halimjon domla va Yo'ldoshev Abduvod domla , Bekmurodov Alijon domlalar maktabga direktorlik qildilar. 1962-1969-yillarda maktabga Karimjon Xolmirzayev, Fazliddin Muzaffarov, Abdulhakim Adburashidov domlalar va Ibragimova handonxon opalar rahbarlik qildilar. 1969-1975-yillarda maktabga Abdujabborova Mamlakatxon opa direktorlik qildi.
Maktabga eng ko'p direktorlik qilgan o'qituvchi Xalq Muorifi A'lochisi Nasriddinov Abduqahhor domla bo'lgan. u 1975-2000-yillarda faoliyat ko'rsatdi. 1980 yilda yangi tipdagi zamonaviy maktab ishga tushdi. Bu maktabning qurilishida Nasriddinov Abduqahhor domlaning xizmatlari katta bo'lgan. U bu maktabga 25 yil rahbarlik qildi. 2000-2004-yillarda Ummatali Qodirov maktabga rahbarlik qildi.
2004-2005-yilda Xolmirzayev Rivojiddin domla direktorlik qildi. 2005-2010-yillarda shu maktabning matematika o'qituvchisi Abduvohidava Yulduzxon opa direktor bo'lib ishladi. 2010-2021-yillarda Asqarova Dilorom opa boshqardi. 2021-yildan Xodjiyeva Odinaxon rahbarlik qilmoqda.
Zamonaviy ta'lim olishga ixtisoslashgan. Yangilangan o'qitish tizimi va metodikasi. Chuqurlashtirilgan fanlar va sinflar mavjud. Bizda xozirda jami o'quvchilar soni 1598 nafar. Ulardan 807 nafari qizlar, 791 nafari o'gil bolalar. Maktabimizda o'quvchilar 2 navbat bilan o'qiydi. 1-navbatda 30 ta sinf ertalab, 2-navbatda 21 ta sinf tushdan keyin tahsil oladi. Bugungi kunda o'qituvchilarimiz soni 126 nafar ,shulardan 3 nafari o'rta maxsus 123 nafari oliy ma'lumotli pedagoglardan iborat.